Mazkur maqolada tilshunoslikda lisoniy shaxs tushunchasining shakllanishi, uning tadqiq qilinishi, yondashuvlar haqida so‘z boradi. Xorijiy va o‘zbek tilshunosligida lisoniy shaxs tiplari, uni tadqiq qilish metodlari haqidagi ishlar tahlil qilingan. Badiiy matnda lisoniy shaxsning voqelanishidagi o‘ziga xosliklar yoritilgan.
Shaxs ruhiy olamida, uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar (xoh tabiiy, xoh subyektiv boʻlishidan qatʼi nazar) kechinmalar subʼekti (inson) uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy holatlarning mazmuni shunchali purmaʼno boʻladi. Buning taʼsirida yuzaga keladigan muvaqqat bogʻlanishlar tizimining qayta qurilishi qoʻzgʻolish jarayonini hosil qiladi. Shaxsda emotsionallik namoyon boʻlishiga nafaqat fiziologik omillar, balki, psixologik sababiy bogʻlanishlar ham ma’lum darajada ta’sir etadi. Maqolada shaxsda emotsionallik namoyon boʻlishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi.
Hozirgi kunda shaxs muammosi mavzusi psixologiya uchun dolzarbdir.Bunga juda ko’p olimlar o’zlarining nazaryalarida to’xtalib o’tgan.Psixologiyaning boshqa tarmoq fanlarida ham shaxs muammosiga alohida yondashuvlar berilgan.
Ushbu maqolada shaxsning kamol topishi haqidagi ilmiy ta’limotlarni,shaxs sifatida kamol topishning xususiyatlarini farqlashda pedagogik antropologiya, shaxs haqida tushuncha, shaxsning rivojlanish jarayoni, shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tavsifi, biologik ijtimoiy omillarning o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu maqola pedagogik OTMning bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari hamda pedagogik OTM professor o‘qituvchilari, uchun mo‘ljallangan. Bolalar bog‘chasida matematikani erta o‘qitishning ahamiyatini ta’kidlasa-da, amaliyotchilar hali ham ijodiy va samarali pedagogik strategiyalarni talab qiladi. Differensial ta’sir tendentsiyalari yuqori malakaga ega bo‘lgan bolalar mashg‘ulotlardan ko‘ra ko‘proq o‘yinga asoslangan yondashuvdan ko‘proq foyda ko‘radilar, zaif kompetentsiyalarga ega bo‘lgan bolalar esa, odatda, hech qanday aralashmaslik bilan solishtirganda, o‘quv dasturlari asosida raqamli ta’lim texnologiyalaridan ko‘proq foyda oladi.
Ushbu maqolada shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni, Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi fikrlari o‘rin olgan bo‘lib, oilada o‘quvchilar hay otini tashkil etish, ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchlari,oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi,shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni xususida mulohazalar qayd etilgan.
Milliy ta'lim tizimi axloqiy qarashlarni tadqiq qilar ekan, shaxs va jamiyat ma'naviyatining oʻzaro bogʻliqligi, bir-birini taqozo etishi oʻqi¬tish jarayoniga pedagogik, psixologik, didaktik, metodik va kreativ tex¬nologik toʻgʻri yondashuv orqali ta'lim-tarbiyada muvaffaqiyatga erishish asosidir.
Роль физической культуры в формировании качеств личности усиливается в связи с ее социальной сущностью, гуманистическими функциями, возможностями развития многих основ духовности человека. В данной статье говорится о средствах физической культуры, определяющих здоровый образ жизни, достижение физической подготовленности, развитие многих человеческих качеств, которые неразрывно связаны с понятиями общей культуры, общечеловеческих ценностей и духовности.
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida aholining moliyaviy
savodxonligini oshirish muammosi dolzarb hisoblanadi. Bu moliya sektorining barqarorligini
ta'minlash, iste'molchilarni xabardor qilish va ularning javobgarligini oshirish uchun
muhumdir. Moliyaviy jihat zamonaviy shaxs hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab
oladi. Moliyaviy savodxonlik fuqarolarga o'zlarining moddiy farovonligini boshqarish
imkoniyatini beradi. Boshlang'ich moliyaviy bilim va ko'nikmalarning yetishmasligi
insonlarning farovonligini ta'minlash uchun to'g'ri qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini
cheklaydi.
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida matematikani erta o‘qitishning ijodiy va samarali pedagogik strategiyalari, o‘yinga asoslangan yondashuvning ahamiyati, raqamli texnologiyalar va mental arifmetikani o‘rganish jarayonidagi muammolar, o‘quv dasturlarining didaktik ta’minotida raqamli ta’lim texnologiyalarining muhimligi yoritilgan.
Harakatlar strategiyasida axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada takomillashtirish, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, axborot tahdidlariga qarshi kurashish va “axborot xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish” mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Raqamli O'zbekiston - 2030” dasturini hayotga tatbiq etish zaruriyati dolzarb masalaga aylanmoqda. Darhaqiqat, raqamli texnologiyalar asta-sekin kundalik hayotning har bir sohasini ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
В данной статье представлен опыт формирования формы мини-мульта ММПИ для узбекской этнокультурной среды, которую В.P.Зайцев разработал ммпи на основе анкеты личности. Описаны типичные процедуры и психометрические требования для адаптации анкет личности к местной среде.
Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning axloqiy-taʼlimiy qarashlari uning ―Haq soʻzning kuchi‖(Maqolalar. Suhbatlar. Qaydlar) asari asosida yoritildi. Bunda adibning jamiyat hayotiga oid muhim masalalar, onalik va bolalikni himoya qilish, paxtachilikning millat ayollari ustidagi zahmati va uning olib kelajak salbiy oqibatlari, millat taraqqiyotida ona tilining ahamiyati, insoniyat uchun zarur boʻlgan axloqiy sifatlar, maishiy hayotdagi koʻz ilgʻamaydigan, ayni damda jamiyat inqiroziga sabab boʻladigan omillar va taʼlim-tarbiya, hamda adabiy-tanqidiy qarashlariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, yozuvchi qarashlarini yosh avlodga singdirish masalasiga ham urgʻu berildi.
Ushbu maqolada tadqiqotning maqsadi shaxs estetik faolligining shakllanishda informatsion texnologiyalarni shaxsni tarbiyalab yangicha tafkkur asosida innovatsion va transformatsion jihatlarining o’ziga xosligi va uning hozirgi islohotlar davridagi ahamiyatini ochib berishga harakat qilingan.
В данной статье творчество поэта Шафоата Рахматуллы Термизи анализируется вопрос гармонии национального духа и психики творческой личности.
Отмечается, что в произведениях поэта поэтически выражены взгляды на нравственность, волю и веру народа. Кроме того, обсуждается стихотворение и его влияние на психику человека.
Tilning frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi sanaladi. Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlari mujassamlashgan bo’ladi. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi eng qulay va faol kommunikatsiya vositasi sifatida, jamiyat a’zolari o‘rtsasidagi mavjud aloqalarni tartibga solish va uni rivojlantirishga ham xizmat qilishi kerak. Tilning tadqiq etilishi bevosita uning jonli hayot bilan bog‘liqlikda amalga oshirilgandagina qimmati va ahamiyati ortib boradi. Xuddi shu nuqtai nazardan yozma adabiyotdan avval ham xalq og‘zaki ijodi mavjud bo‘lgan va bugungi kungacha yetib kelgan. Xalq og‘zaki ijodining xuddi shunday namunalaridan biri sifatida maqolning o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati mavjud. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy
Ожидается, что учащиеся приобретут многие особенности, связанные с физическим воспитанием в школе. Таким образом, студенты реализуют свое право на физическое воспитание. В этом контексте человек, участвующий в деятельности, достигает определенных стандартов в конце процесса обучения. Смысл этих стандартов заключается в том, что каждый человек приобретает и поддерживает знания, навыки и способности, необходимые для участия в физической активности в меру своих способностей.
Hozirgi kunda oʻquvchilarni ma’naviy, axloqiy, jismoniy barkamol, keng fikrli shaxs sifatida kamol toptirish, bugungi kunning asosiy vazifasi sanaladi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-sonli qarorida “Psixologik xizmatning maqsadi oʻquvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʻyicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim jarayonida oʻzligini anglash, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va namayon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart - sharoitlar yaratishdan iborat”[1]dir deb koʻrsatilgan.
Mazkur maqolada bolalarning o‘zini-o‘zi anglashi, o‘ziga va o‘zgalarga baho berishi, oilada katta yoshdagi insonlarning bola bilan qiladigan muomala munosabati, uni o‘zini mustaqil shaxs sifatida anglashi hamda oilada maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini anglashida o‘yin faoliyatining ahamiyati batafsil yoritilgan hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Temurnoma”ning jangnomasi tasvirlanayotgan voqelik va qahramonlarning tarixiy asosi mavjud bo‘lib, unda bosh qahramon sifatida buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur asos qilib olingan. “Temurnoma”da Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlar xalq badiiy tafakkuri hosilasi o‘laroq Sohibqiron obrazi timsolida xalqona talqin qilingan. Xususan, bu talqinlar Amir Temurning tug‘ilishi, ma’lum vaqt otasidan ayro yashashi, yoshligida “sir” ko‘rsatib, telbaliklar qilishi, balog‘atga yetib qahramonliklar ko‘rsatishi, yerning olti tomoni – Shimol, Janub, G‘arb, Sharq, osmon va yer osti bilan aloqa bog‘lashi, eng muhimi, uning doimiy ravishda pir va eranlar homiyligida bo‘lishi tasvirlarida aks etadi. Tadqiqotning obyekti sifatida “Temurnoma: Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi” tanlangan. Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy va funksional tahlil usullaridan foydalanilgan.
Ushbu maqolada shaxs psixikasining rivojlanishiga ahamiyatli boʻlgan «Men»konsepsiyasi tushunchasi, xulq-atvor xususiyatlari,oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan roli haqida yoritiliboʻtiladi.Shaxsning oʻz-oʻziga baho berish, shaxsning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi "Men" tushunchasi orqali ifodalab oʻtiladi.
Ushbu maqolada izchil rivojlanayotgan, har vaqtning o‘zida yangidan-yangi kashfiyotlar kashf qilinayotgan zamonda shaxs ijtimoiylashuvi ,xulq-atvori va xatti-harakatlarining asosi va zamonga yangicha yondashuv eng asosiysi inson yaratuvchanligi haqida fikr yuritiladi...
Yoshlarga oilaviy hayot haqidagi ilmiy bilimlarni berishning ahamiyati shundan iboratki, o‘spirin yoshlarni oilaviy hayotga yetuk qilib shakllantirishda ularda oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi ijtimoiy-psixologik tasavvurlarini shakllantirish, to‘laqonli baxtli oila qurish uchun kasb hunarga ega bo‘lish zaruratini singdirish, nikohga yetuklik uchun nikoh omillari va oilaning asosiy funksiyalari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish orqali ularni oilaviy hayotga tayyorlashga erishish tadqiqotimizda alohida ahamiyatga molikdir.